» » Donald Tramp Marin Le Penni Fransiya prezidentligiga eng kuchli nomzod deb hisoblamoqda

Donald Tramp Marin Le Penni Fransiya prezidentligiga eng kuchli nomzod deb hisoblamoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp Associated Press’ga bergan intervyusida 20-aprel kuni Parijda sodir bo‘lgan terakt “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penning pozitsiyasi mustahkamlanishiga olib keladi, deya hisoblamoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Uning chegaraga hamda Fransiyada sodir bo‘lgan voqeaga bog‘liq pozitsiyasi juda kuchli.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Trampning fikricha, kimning islom terrorchiligi va milliy chegara borasidagi pozitsiyasi keskin bo‘lsa, saylovda yaxshi natija ko‘rsatadi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, kuchli Yevropa uning uchun juda muhim.

Fransiya prezidentligiga saylovning birinchi turi 23-aprelda bo‘lib o‘tadi.

20-aprelda Parijda sodir bo‘lgan terakt oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va yana ikki kishi jarohat olgan edi. Yelisey maydonidagi otishma prezidentlikka 11 nomzodning saylovoldi tayyorgarlik dasturi bilan France 2 telekanalida chiqish qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Otishma uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют