» » “Afrosiyob” elektrovozi oynasi Toshkentga kirib kelishda urilgan beton bo‘lagi oqibatida darz ketdi

“Afrosiyob” elektrovozi oynasi Toshkentga kirib kelishda urilgan beton bo‘lagi oqibatida darz ketdi


Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdining elektrovoz oynasi qattiq jism kelib tegishi natijasida darz ketdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa haqida Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 23-iyun kuni soat 20:05 da IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni navbatchisi telefon orqali xabar bergan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, poyezdning old oynasiga Sergeli tumanining “Choshtepa” mahallasi hududida beton bo‘lagi kelib urilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, beton bo‘lagi Toshkent metropoliteni yo‘lida olib borilayotgan qurilish vaqtida — temiryo‘l izining ustidan o‘tuvchi metropoliten ko‘prigiga beton nasosi orqali quyilgan qorishma qotmaganligi sababli tezyurar poyezdning old oynasiga kelib urilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda surishtiruvni Toshkent—Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi olib bormoqda.

Mavzuga doir: Samarqandda “Afrosiyob” poyezdiga 5-sinf o‘quvchisi tosh uloqtirgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют