» » Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi

Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi


Xonanda Munisa Rizayeva Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari uchun alohida albom yozmoqda. Bu haqda xonanda “Dil” klipini suratga olish jarayonida aytib o‘tdi.

“Karantinda umuman uyda o‘tirmadim, ishladim, ijod qildim. Deyarli ikkita albom yozdim. Shuning uchun qo‘shiqlarim ko‘p, turli yo‘nalishdagi taronalar birin-ketin muxlislarga taqdim etiladi.

Xudo xohlasa, biz Rossiyaga ham alohida albom yozyapmiz. Chunki ko‘rib turganingizdek Jony, Jah Khalib kabi Rossiyada mashhur xonandalar turli mamlakatlardan chiqqan. Ularning qo‘shig‘ini barcha MDH davlatlarida tinglashadi. Jony Ozarbayjondan, Jah Khalib esa Qozog‘istondan. Xudo xohlasa, O‘zbekistondan Munisa Rizayeva ham tanilsa, mening maqsadim shu bugungi kunda”, — deydi Munisa Rizayeva.

Mavzuga doir: Munisa Rizayeva Gulnora Karimova unga “zapret” qo‘yganidan keyin o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют