» » Shirin ichimliklarni doimiy iste’mol qilishning eng asosiy xavfi ma’lum qilindi

Shirin ichimliklarni doimiy iste’mol qilishning eng asosiy xavfi ma’lum qilindi


Amerikalik olimlarning tadqiqotlari shirin ichimliklar (masalan, gazli shirin ichimliklar)ning doimiy iste’moli bosh miya hajmi kichrayishi va xotira yomonlashishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Alzheimer’s & Dementia va Stroke jurnallarida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda EurekAlert.

Shuningdek, olimlarning aniqlashicha, parhez uchun mo‘ljallangan gazli shirin ichimliklar (ularning tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi modda bor) iste’moli insultning yuzaga kelishi va aql zaiflashishi xavfini oshiradi.

Mutaxassislar tarkibida shakar bo‘lgan ichimliklarning inson sog‘lig‘iga ta’sirini tahlil qilganidan keyin shunday xulosaga keldi.

Tadqiqot magnit-rezonansli tekshiruvdan o‘tgan 3 guruh ishtirokchilar natijasini o‘z ichiga oldi. Birinchi guruhda 30 yoshdan oshgan qariyb 4 ming kishi, ikkinchi guruhda 45 yoshdan katta 3 ming kishi hamda uchinchi guruhda 60 yoshdan oshgan taxminan 1,5 ming kishi ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют