» » Zinedin Zidan hakamlik haqida: “Ramos hammasini aytib bo‘ldi. Men bunga aralashmayman”

Zinedin Zidan hakamlik haqida: “Ramos hammasini aytib bo‘ldi. Men bunga aralashmayman”


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 31-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga qarshi kechgan uchrashuv (2:0) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bizga barqarorlik kerak. Bu futboldagi eng muhim jihatdir. Rangbaranglik ham yetishmadi, biroq himoyada ishonchli harakat qildik.

Boshqa o‘yinlarda biz ko‘proq vaziyatlar yaratardik, ammo bu g‘alaba qozonishimizga xalaqit bermadi. Bugun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Ramos jarima zarbasidan ajoyib gol urdi, u jarima zarbalarini tepishga alohida e’tibor beradi. U — bizning yetakchimiz, sardorimiz va doimo jamoani ortidan ergashtira oladi.

Ishonamanki, chempionlik poygasi oxirigacha qiyin kechadi.

Hakamlar mavzusiga kelsak, men bunga aralashmayman. Ramos bu haqda hamma narsani aytib bo‘ldi. Hozir biz dam olishimiz va keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak”, — deydi Zidan.

Mavzuga doir: Serxio Ramos “Real” va hakamlar haqida: “Odamlar kamroq bo‘lmag‘ur narsalarni o‘ylab topishi kerak”

“Real” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 68 taga yetkazib, yana musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona”da ham xuddi shuncha ochko bor. Faqat o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik “Real” tomonida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют