» » Xitoyda sobiq amaldor 36,4 million dollar miqdorida jarimaga tortildi

Xitoyda sobiq amaldor 36,4 million dollar miqdorida jarimaga tortildi


Xitoy qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish komissiyasining sobiq xodimi Fen Syaoshu aksiyalar bilan firibgarlik qilgani uchun 251 million yuan (36,4 milion dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, u butun umrga qimmatli qog‘ozlar bozorida bitimlar tuzish huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Komissiya rasmiy vakili Chjan Syaotszyunning tushuntirishicha, Shenchjen fond birjasi xodimi bo‘lgan Fen Syaoshu qaynonasi hamda singlisi nomidan birjaga chiqmoqchi bo‘lgan kompaniyalar ulushiga qo‘shilgan. Bu ish amalga oshgach, xitoylik ularning qimmatli qog‘ozlarini sotgan va foyda ko‘rgan. Huquq-tartibot xodimlari Syaoshudan noqonuniy ravishda ishlab topilgan 248 million yuan (36 million dollardan ortiq) pulni musodara qildi.

Xitoy Oliy xalq sudining ishchi hisobotiga ko‘ra, 2016-yilda mamlakat sudlari 2862 kishini korrupsiyada aybdor deb topdi. Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha o‘tgan yili korrupsiya bilan bog‘liq 45 mingta ish ko‘rib chiqilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют