» » Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan 1828 ta uy ta’mirlandi, 32 ta ko‘prik qayta tiklandi

Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan 1828 ta uy ta’mirlandi, 32 ta ko‘prik qayta tiklandi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokatdan zarar ko‘rgan 1828 ta turar joy ta’mirlandi, 32 ta ko‘prik qayta tiklandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov 25-iyun, payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlariga 14 000 dan ziyod ishchi va 800 ta texnika jalb qilingan.

Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida qayta ta’mirlanayotgan 252 ta xonadonda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada aniqlangan 380 ta kamchilikdan 282 tasi joyida bartaraf etilgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, mazkur falokatdan jabrlanganlar uchun tashkil qilingan 1205 qisqa raqami orqali 8171 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 8148 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 23 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olingan.

Mavzuga doir: Sardoba va Mirzaobodda qurilayotgan 6 ta ko‘p qavatli uy uchun hozirgacha qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi

Talafot ko‘rgan hududlarda hamda viloyat bo‘yicha 218 ta turar joyda 49 550 kvadrat metr maydonda dezinfeksiya tadbiri o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, zarar ko‘rgan masjid hamda qabristonlarda ta’mirlash va tiklash ishlari to‘liq yakunlangan. Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llarning 35 kilometri hamda 32 ta ko‘prik qayta tiklangan.

Mavzuga doir: Sardobadagi suv toshqini tufayli jabrlangan aholiga hozirga qadar qancha narsa tarqatilgani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Favqulodda vaziyat sababli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.

15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют