» » OAV: Nyu-York rasman noqonuniy muhojirlar uchun boshpanaga aylanishi mumkin

OAV: Nyu-York rasman noqonuniy muhojirlar uchun boshpanaga aylanishi mumkin


Nyu-York shahar kengashiga mahalliy mansabdorlar va politsiyaga shahardan noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishda federal rasmiylarga ko‘maklashishni man etuvchi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Qonun loyihasi shahar budjeti mablag‘larini AQSh ichki xavfsizlik vazirligiga muhojirlarni shahardan badarg‘a qilishga ko‘maklashish uchun sarflashni man etadi”, — deya ta’kidladi loyiha mualliflaridan biri, Nyu-York shahar kengashi a’zosi Rafael Espinal.

Mer Bill de Blazio qaroriga ko‘ra, Nyu-York noqonuniy muhojirlar uchun boshpana shahar hisoblanadi. Shahar politsiya boshqarmasi immigratsiya politsiyasi xodimlariga yordam bermaslik haqida ko‘rsatma olgan.

Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda shaharning rasmiy idoralari, mer lavozimini kim egallashidan qat’i nazar, muhojirlarni badarg‘a qilishda ko‘maklashish huquqiga ega bo‘lmaydi. Mazkur hujjat 25-aprelda ko‘rib chiqiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют