» » Ryazanda ikkita bir xil Lamborghini avariyaga uchrashiga bir bahya qoldi

Ryazanda ikkita bir xil Lamborghini avariyaga uchrashiga bir bahya qoldi


Ryazanda Lamborghini Huracan Performante haydovchisi yo‘ldagi to‘siqqa borib urildi, uning yonida ketayotgan xuddi shu modeldagi superkar avariyadan qochishga ulgurib qoldi, deb xabar beradi Motor.

Yo‘l-transport hodisasi shaharning Moskva shossesida sodir bo‘lgan. Yomg‘ir sabab Lamborghini Huracan Performante haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan. Avariya oqibatida avtomobilning old bamperi va kapotiga shikast yetgan. Yashil rangli superkar haydovchisiga hech nima qilmagani aytilmoqda.

E’tiborli jihati, YTH vaqtida avariyaga uchragan Lamborghini yonida yana bitta xuddi shu rangdagi superkar ham harakatlanayotgan bo‘lgan. Biroq ikkinchi avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo sharoitida ham boshqaruvni eplab, avariya ishtirokchisiga aylanmagan.

Lamborghini Huracan Performante konveyerdan birinchi bor 2017-yilda chiqqan. To‘liq uzatmali superkarga 640 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 motori o‘rnatilgan. Superkar soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada erishadi. Maksimal tezligi 325 km/soatga teng.

Mavzuga doir: Singapurda ikkita bir xil Lamborghini Aventador avariyaga uchradi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют