» » Baxtiyor Ashurmatov: “Shogirdlarim bilan faxrlanaman”

Baxtiyor Ashurmatov: “Shogirdlarim bilan faxrlanaman”


O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-192” va “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (3:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Maydonda bugun ikki teng kuchga ega bo‘lgan jamoalar harakat qildi, deb o‘ylayman birinchi bo‘limda. Bugun kim birinchi bo‘lib gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishi ko‘rinib turgandi. Bu narsaga qo‘qonliklar erishishdi va maydon egalari g‘alaba qozondi.

Birinchi gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Superligada har bir bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Bizda ikkita teng kuchli tarkib bor. Hamma o‘z maydonida g‘alaba qozonishni o‘ylaydi. “Paxtakor” bilan o‘yinda ham yaxshi natijaga erishishni istaymiz. Mag‘lubiyatga uchrayotganimizga qandaydir sabablar bordir. Lekin jamoamiz kerakli ochkolarni olishiga ishonaman”, — deydi Haydarov.

So‘ngra “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinni murabbiy sifatida hayajon bilan kutayotgandim. Negaki, termizliklar safida Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov, Bubanya kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor edi. Bunday futbolchilar har qanday jamoani kuchaytirishga qodir deb o‘ylayman.

Lekin bugun shogirdlarim o‘zlarini nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Bunday yigitlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Chunki, havo issiq bo‘lishiga qaramay, g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynadi. Futbolchilar jismoniy holatlari yaxshi ekanligini namoyish etdi. Keyingi o‘yinlar ham shunday tempni saqlab qolishga harakat qilamiz”, — deydi Ashurmatov.

Mazkur g‘alabadan keyin “Qo‘qon-1912” ochkolari sonini 12 taga yetkazib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Surxon”ning ochkolari (4) o‘zgarishsiz qoldi. Jamoa 11-pog‘onadan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют