» » Lukashenko Rossiyaning Belarusdagi saylovlarga aralashayotganini ma’lum qildi

Lukashenko Rossiyaning Belarusdagi saylovlarga aralashayotganini ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya hamda Polsha tomonidan mamlakatning ichki ishlariga aralashish holatlari kuzatilayotganini qayd etdi. Bu haqda “BELTA” agentligi xabar qilgan.

“Ular (hukumatga qarshi muxolifat) bizni noxolislikka chorlamoqda, muxolifat o‘zini qanday tutmoqda? Ularning ortida qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar turgani kundek ravshan. Biri u tomondan, boshqasi bu tomondan fikrini o‘tkazishga urinmoqda. Ular Polshada ham yashashadi, Rossiyadan ham turli materiallar yuborishadi. Bu haqda prezident Putin bilan yaqin orada o‘tkaziladigan uchrashuvda muhokama qilib olamiz, lekin vaziyat juda murakkab”, – degan Lukashenko.

Mavzuga doir: Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda eng zamonaviy soxta texnologiyalardan foydalanilmoqda, Belarusda o‘tadigan saylovlar, ya’ni davlatning ichki ishiga aralashish holatlari kuzatilmoqda.

Belarus davlat rahbari misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘g‘li Viktor Lukashenkoning Shveysariyadagi hisob raqamida 840 million dollardan ko‘proq boyligi borligi haqida tarqalgan xabarni misol qilgan.

“Bu kabi feyk xabarlar doim bo‘lib kelgan. Bunga tayyor turishimiz, yashashda davom etib, kurash olib borishimiz zarur. Bu kabi axborotlar Rossiyadagi tuzilmalar orqali mamlakat hududiga tashlanmoqda. Bu bizning ichki axborot emas. Ma’lum muddat o‘tgach, ular uzr so‘rab ma’lumotni o‘chirib tashlaydi. Biroq odamlar ongiga shubha-gumonlar kirib ulguradi”, – deydi Lukashenko.

Mavzuga doir: Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zi haqidagi “Sasha 3%” memiga munosabat bildirdi

Rossiya Federatsiyasi vakillari ham Lukashenkoning ushbu bayonotiga javob qaytargan.

“Rossiya Federatsiyasi hech qachon boshqa mamlakatning elektoral jarayonlariga aralashmagan va aralashmoqchi ham emas, ayniqsa, yaqin ittifoqchi Belarusning ichki siyosatiga aralashmaydi”, – deya Lukashenkoga javob qaytargan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Ma’lum vaqt avval Lukashenko RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan va Rossiya hamda Belarusni o‘zaro urushtirib qo‘yish imkonsiz ekanini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: Belarusda prezidentlik saylovi atrofida nimalar yuz bermoqda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют