» » Koreya xalqaro universiteti tomonidan Farg‘ona vodiysida 4 ta yangi bog‘cha quriladi

Koreya xalqaro universiteti tomonidan Farg‘ona vodiysida 4 ta yangi bog‘cha quriladi


Koreya xalqaro universiteti tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida to‘rtta yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ochiladi. Bu haqda universitetning qabul va tashkiliy ishlar bo‘yicha prorektori Yu Song I ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Janubiy Koreya uslubida quriladigan ushbu bog‘chalar Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universiteti o‘qituvchi va talabalari uchun amaliyot va tajriba maskani sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

2019-yilda tashkil etilgan xalqaro universitetda ta’lim to‘lov-kontrakt asosida o‘zbek, koreys, ingliz tillarida olib boriladi. Tez orada universitet talabalari uchun 3+1 dasturi asosida Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati yaratiladi.

Tugayotgan o‘quv yilida 7 ta fakultetda 720 nafar talaba ta’lim olgan bo‘lsa, joriy yildan 11 fakultetga talabalar qabul qilinadi. 2020-yil 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilinib, xalqaro universitet uchun yangi bino qurildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida ushbu universitetda bo‘lib, universitet rektori Pak Jun Xu va koreyalik o‘qituvchilar bilan suhbatlashgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют