» » Erta ajin tushishiga sabab bo‘luvchi kundalik odatlar

Erta ajin tushishiga sabab bo‘luvchi kundalik odatlar


Siz e’tibor bermaydigan, lekin odatiy bo‘lgan holatlar ajin tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘zni qisib qarash

Ko‘z nurining ravshan emasligi sabab yaxshi ko‘rmaslik va quyoshga ko‘zoynaksiz qarash oqibatida ko‘zni qisib qarash odat bo‘lib qoladi. Buning oqibati esa faqatgina ajin tushishi bilan yakun topmaydi. Shu sabab ham sizda shu kabi odat kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga borish tavsiya qilinadi.

Qovoq solish

Asabiylashish yoki g‘azablanishda yuzning barcha muskullari tirishadi, qovoq solinganda esa qoshlar chimirilib, uning atrofida ajin paydo bo‘ladi. Shu bois ham emotsiyalarni nazorat qilish, bo‘lar-bo‘lmasga qovoq solmaslik kerak. Ba’zida telefonga tikilganda ham shu odat kuzatiladi, bunday vaqtda sizga nima yoqmayotgani va qanday vaziyatda qoshingizni chimirishingizni aniqlab, muammoni bartaraf etishga kirishing.

Asabiylashganda tishni tishga qo‘yish

Noxush yoki yoqimsiz vaziyatlarda ham tishini-tishiga qo‘yib indamay turish, emotsiyalarini yashirish ham ajin paydo bo‘lishiga olib keladi. Aslida bu holat organizmning himoya reaksiyasi hisoblanib, sizni hamma narsani ichingizga yutishingiz, asablarni tamom qilish bilan birga lab atrofiga erta ajin tushishi va uchburchak chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Yotgan holda o‘qish

Kitob yoki gadjetlardagi elektron kitoblarni yotib o‘qish vaqtida bosh pastga egiladi va bu bo‘yinda ajin yig‘ilishiga olib keladi. Oqibatda ajinlarning o‘zigina emas, bo‘yin toliqishi kuzatilib salomatlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shu sabab ham o‘tirgan holda o‘qish hamda boshni egib olmaslik kerak.

Qorin bilan uxlash

Agar siz shunday uxlaydiganlardan bo‘lsangiz, demak, sizda qon aylanishida muammolar kuzatilishi bilan birga yuzingizda shish va ajinlar ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Eng yaxshi vaziyat tepaga qarab uxlash ekanini yoddan chiqarmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют