» » JSST Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshganini bildirdi

JSST Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshganini bildirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Yevropada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari keskin ko‘paya boshlaganini ma’lum qildi.

“O‘tgan haftada Yevropada kasallanish ko‘rsatkichining oxirgi oylarda hali qayd etilmagan darajadagi o‘sishi kuzatildi. Bir hafta ichida koronavirus yuqtirib olganlar soni sezilarli darajada ko‘paygan”, – deydi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning 30 ta davlatida oxirgi ikki haftada yangi kasallanish holatlari soni keskin o‘sgan.

Mavzuga doir:

Yevropadagi ko‘plab davlatlar koronavirusning tarqalishiga qarshi qo‘llanilgan karantin cheklovlarini yumshatishda davom etmoqda. Restoranlar, muzeylar, sport zallari va boshqa sayyohlarni jalb qiluvchi maskanlar ochildi.

Bunda mahalliy hukumatlar aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni, ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etishni so‘ragan.

Mavzuga dori: JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi

Worldometers portali bergan ma’lumotga ko‘ra, pandemiya davrida Yevropada jami 2,3 milliondan ziyod kasallanish holati qayd etilgan, qariyb 190 ming nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni “ilmiy yutuq” deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют