» » AQSh vitse-prezidenti: Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli hudud maqomini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritish mumkin

AQSh vitse-prezidenti: Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli hudud maqomini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritish mumkin


Xitoy bilan hamkorlik tufayli Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli hudud maqomini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritish mumkin. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

“Shimoliy Koreya AQSh va ittifoqdoshlarning mazkur mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qat’iyati borasida yanglishmasligi lozim”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Mayk Pens AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson atom aviatashuvchisi boshchiligidagi jangovar guruhi yaqin kunlarda Yapon dengiziga yetib kelishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyadagi Pungeri poligonida yangi yadro sinoviga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: KXDR Koreyani birlashtirishga qaratilgan harbiy harakatlarni boshlash bilan tahdid qildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют