» » Koronavirusni davolashga mo‘ljallangan ilk dori vositasining Yevropa Ittifoqida sotilishiga ruxsat berildi

Koronavirusni davolashga mo‘ljallangan ilk dori vositasining Yevropa Ittifoqida sotilishiga ruxsat berildi


Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va koronavirus aniqlangan 12 yoshdan katta bemorlarni davolash uchun ishlatiladigan Veklury (“Remdesivir”) dori vositasi savdosi uchun shartli ruxsat berilishini tavsiya qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, “Remdesivir” Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi.

Savodlar uchun shartli ruxsat bu — tibbiy ehtiyojlarni qondiradigan dori-darmonlarning erta kirishini osonlashtirish, xususan, koronavirus pandemiyasi kabi favqulodda holatlarda foyda beradigan Yevropa ittifoqining normativ mexanizmlaridan biri. Bu turdagi ruxsat EMA’ga qaysi dori vositasining savdosiga ruxsat berilishini tavsiya qilish imkonini beradi. Bu dori vositasining barcha xususiyatlari ma’lum bo‘lmasa-da, og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

EMA’ning ma’lum qilishicha, “Remdesivir”dan foydalanishga cheklov o‘rnatilgan: undan faqatgina statsionar rejimdagi tibbiyot muassasalarida foydalanish mumkin. Dori vositasi vena orqali organizmga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshlarida Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy “Remdesivir” preparatidan foydalanishni ma’qullagan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashishini ma’lum qilgan. Kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa vaksina yaratilsa, uni butun dunyoga tarqatishga va’da bergan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusni zararsizlantiruvchi antitanalarga ega dori vositasini sinovdan o‘tkazish boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют