» » Vadim Abramov: “Lokomotiv”ni yanada yirikroq hisobda mag‘lub etishimiz mumkin edi

Vadim Abramov: “Lokomotiv”ni yanada yirikroq hisobda mag‘lub etishimiz mumkin edi


Coca Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Fyodorov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida maydon egalari katta ustunlikka ega bo‘ldi. Shundan so‘ng bizda ustunlik bo‘ldi, ammo bu ko‘proq “Bunyodkor”ning o‘yin tempini biroz pasaytirgani bilan bog‘liq. Futbolchilarim bugun yakka kurashlarda mag‘lub bo‘ldi. Fikrimcha, bugun shu sababdan mag‘lubiyatga uchradik. Qolaversa, maydon markazida juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Hozir taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirishning mavridi emas. O‘yinimizni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yo‘qotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Jamoada moliyaviy muammolar yo‘q. Mana uchinchi o‘yinki tezkor gol o‘tkazib yuboryapmiz. Shundan so‘ng o‘yinimiz buzilyapti. Vaholanki, “Lokomotiv” bunday o‘yin ko‘rsatadigan darajadagi jamoa emas.

Iste’fo? Bu boradagi gaplarga o‘rganib qolganman. Hozircha menga bu haqida rahbariyatdan hech qanday gaplar bo‘lgani yo‘q”, — deydi Fyodorov.

Shundan so‘ng “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

“Lokomotiv”ni to‘la o‘rganib chiqqandik. Shunga mos ravishda qarshilik ko‘rsatishga urindik. “Paxtakor”ga yirik hisobda yutqazganimizdan keyin muxlislar uchun ham bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Futbolchilar bugun munosib o‘yin ko‘rsatdi, ularga rahmat. Raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar yig‘ilganiga qaramasdan, o‘yin bo‘yicha ustunlik qildik. Afsuski, deyarli hamma futbolchilarimizda katta tajriba yo‘q. Aniqrog‘i, ular mana endigina ikkinchi yil yuqori ligada o‘ynashmoqda. Bugun yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik” — deydi Abramov.

“Bunyodkor” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 12 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Lokomotiv” 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют