» » Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatidagi 9-sovrinni qo‘lga kiritdi

Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatidagi 9-sovrinni qo‘lga kiritdi


Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” Angliya chempioniga aylandi.

Shu tariqa 53 yoshli germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatidagi 9-sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bundan avval Klopp Dortmundning “Borussiya”si bilan ikki marotabadan Bundesliga (2011, 2012) va Germaniya Superkubogida (2013, 2014) bosh sovringa ega chiqqan, bir bor esa mamlakat Kubogida (2012) g‘olib bo‘lgan.

Klopp ingliz klubida ish boshlaganidan buyon jamoa to‘rtta musobaqada: Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (barchasi 2018/19-yilgi mavsumda) va 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Liga musobaqasida g‘olib chiqdi.

Mavsum tugashiga yetti tur qolganida “Liverpul” (86 ochko) eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Siti”ni 23 ochkoga ortda qoldirib ketdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют