» » Volkswagen O‘zbekistonda Skoda avtomobillarini ham ishlab chiqaradi

Volkswagen O‘zbekistonda Skoda avtomobillarini ham ishlab chiqaradi


O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan “Jizzax avtomobil zavodi MChJ negizida” O‘zbekiston yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo‘yicha Volkswagen kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan konsepsiya ma’qullandi.

Konsepsiyada, loyihani ikki bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda, 2020—2021-yillarda bozorni o‘rganish hamda marketing tahlilini o‘tkazish maqsadida Volkswagen va Skoda markalaridagi tayyor avtomobillarni O‘zbekistonga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etiladi

Birinchi bosqich doirasida Volkswagen Caddy modelini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlar yetkazib beriladi. Mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmog‘i va servis xizmatlarini ko‘rsatish stansiyalarini tashkil etiladi.

Ikkinchi bosqichda 2022-yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirish nazarda tutilgan

Qarorga ko‘ra, 2020-yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Yevro-5 standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi bo‘lishi ta’minlanadi.

Avvalroq 2020-yilning iyul oyidan O‘zbekistonda Volkswagen Caddy avtomobillarini ishlab chiqarish va uning sotuvi boshlanishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Navoiyda Xitoy brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning taxminiy narxi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют