» » “Eneregetik-BGU” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi. Jasur Yaxshiboyevdan dubl va ikkita assist

“Eneregetik-BGU” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi. Jasur Yaxshiboyevdan dubl va ikkita assist


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 15-turida “Energetik-BGU” 26-iyun, juma kuni “Slaviya”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev himoyachining xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida minskliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi: Bakich qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Biroq bu maydon egalariga to‘sqinlik qila olmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Yaxshiboyevning uzatmasidan so‘ng David Tve ikkinchi golni urgan bo‘lsa, 58-daqiqada Jasur dublini nishonlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 70-daqiqada Vasiliy Sovpel “talabalar”ning yana bir goliga mualliflik qildi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Yaxshiboyev o‘z jarima maydoni yonida to‘pni qabul qilib oldi va tezkor qarshi hujumga o‘tdi, uning uzatmasidan so‘ng Sovpel ham dublni rasmiylashtirdi.

Ikki kun avval 23 yoshni qarshilagan Yaxshiboyev mazkur bahsda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 51-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Energetik-BGU” ochkolarini 26 taga yetkazib olgan holda, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Slaviya” (18) 11-pog‘onada qoldi.

Belarus Oliy Ligasi

15-tur bahsi

26-iyun, juma

Gollar: 1:0 – 4 Yaxshiboyev, 2:0 – 47 Tve, 3:0 – 58 Yaxshiboyev, 4:0 – 70 Sovpel, 5:0 – 90 Sovpel.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Svirepa, Miroshnikov, Yudchits (Girs, 56), Mavatu, Yaxshiboyev, Umarov (Sovpel, 51), Tve, Nosko, Bakich, Shkurdyuk.

“Slaviya Mozir”: Romanyuk, Shevchenko (Anufriyev, 62), Timonyuk, Malkevich (Tettex, 56), Rayevskiy, Nedashkovskiy, Kostrov, Pantya, Narx (Slyusar, 37), Juk, Melnikov.

Ogohlantirishlar: Kostrov (24), Yaxshiboyev (39).

Chetlatish: Bakich (26).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют