» » Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida “Buxoro”ni yuta olmadi, “Andijon” Jizzaxda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida “Buxoro”ni yuta olmadi, “Andijon” Jizzaxda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


Futbol bo‘yicha Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv 26-iyun, juma kuni o‘tkazildi.

Unda Qarshining “Nasaf” klubi “Buxoro”ni qabul qilgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Andijon”ga qarshi saf tortdi.

Qarshida kechgan bahsda tomonlar darvozalarga to‘p kirita olmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakuniga yetdi.

Ushbu natijadan so‘ng “Nasaf” 12 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Buxoro” 2 ochkosi bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Jizzaxda kechgan bahsda esa mezbonlar uchrashuvning 63-daqiqasiga kelib, Shohruz Norxonovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa “Andijon” hisobni tenglashtirdi. Farhod Bekmurodov to‘pni uzoq masofadan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, ochko yo‘qotdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 8 taga yetkazib “Navbahor”ga yetib olgan bo‘lsa, “Andijon” 3 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Coca Cola Superliga

6-tur bahslari

26-iyun, juma

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Rahmatullayev, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhiddinov, Islom Kenjaboyev (Husayn Norchayev, 70), Sherzod Nasrullayev (Jo‘rabek Mannonov, 72), Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umarbek Eshmurodov.

“Buxoro”: Zafar Safoyev, Mirjalol Jumayev, Boburjon Amanov, Jasur Hakimov, Jasur Hasanov, Behruz Shodmonov (Suhrob Ne’matov, 74), Abror Husinov, Ergash Ismoilov, Azizbek Omonov, Bobur Farhodov, Izzat Abdullayev.

Ogohlantirishlar: Muhiddinov (24), Hasanov (33), Farhodov (38), Husinov (62), Safoyev (85),

Gollar: 1:0 – 63 Norxonov 1:1 – 90+1 Bekmurodov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov (Shavkat Mullajonov, 73), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 58), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, San’at Shixov, Ivan Nagayev (Bahodir Nasimov, 58), Elivelto Ribeyro (Javohir Qahramonov, 58), Marko Kolakovich.

“Andijon”: Islombek Abdullayev, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov, Farhodbek Bekmurodov, Emmanuel Arivchukvu, Mishel Ibe, Abdullo Olimov (Doniyor Abdumannonov, 74), Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov (Siroj Meliyev, 61), Jahongir Abdumo‘minov (Artyom Litvyakov, 74), Dmitro Zozulya.

Ogohlantirishlar: Usmonov (11), Qulmatov (11), Shoyqulov (24), Shixov (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют