» » A Seriya. “Yuventus” autsayderga javobsiz 4 ta gol urdi. Ronaldudan gol va ikkita assist

A Seriya. “Yuventus” autsayderga javobsiz 4 ta gol urdi. Ronaldudan gol va ikkita assist


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Yuventus” 26-iyun, juma kuni “Lechche”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Birinchi bo‘limda raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan turinliklar tanaffusdan keyin javobsiz to‘rtta to‘p kiritishga erishdi.

53-daqiqada Krishtianu Ronalduning uzatmasidan so‘ng Paulo Dibala hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Ronaldu penaltini aniq amalga oshirgan holda, oradagi farqni oshirdi. 83-daqiqada Gonsalo Iguain Ronalduning uzatmasidan so‘ng hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Matteys de Ligt yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Ochkolarini 69 taga yetkazib olgan “Yuventus” musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Lechche” (25) esa 18-o‘rinda qoldi.

 A Seriya

28-tur bahsi

26-iyun, juma

Gollar: 1:0 – 53 Dibala, 2:0 – 62, penalti Ronaldu, 3:0 – 83 Iguain, 4:0 – 85 de Ligt.

“Yuventus”:  Shchensni, Matyuidi, Bonuchchi, de Ligt, Bentankur (Remzi, 68), Kuadrado, Rabyo (Duglas Kosta, 52), Pyanich, Bernardeski (Muratore, 77), Ronaldu, Dibala (Iguain, 77).

“Lechche”: Gabriel, Donati, Luchoni, Rispoli, Vera (Kalderoni, 78), Taxsidis, Petrichchone (Rossettini, 46), Mankozu (Barak, 72), Shaxov, Falko (El-Babakar, 62), Pas.

Ogohlantirish: Bentankur (38).

Chetlatish: Luchoni (31).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 04:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют