» » Obraz arzon ko‘rinmasligi uchun xaridda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 10 jihat

Obraz arzon ko‘rinmasligi uchun xaridda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 10 jihat


Ustingizdagi libos siz haqingizda ko‘p narsa deydi. Chiroyli va didli kiyinish uchun esa ko‘p pul sarflashning keragi yo‘q, shunchaki quyidagi jihatlarga ahamiyat berishning o‘zi kifoya.

Mato tarkibi

Kiyim-kechak yorlig‘idan mato tarkibini ko‘zdan kechiring. Ko‘nglingizdagidek kiyimni xarid qilishdan avval ichki yorliq bilan tanishib chiqing. Masalan, ipakdan tikilgan libos matosi tarkibida 2% ipak, qolgan 98% sintetika bo‘lsa, bu matoning arzon hamda sifatsiz ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.

Choklarga e’tiborli bo‘ling

Chiroyiga uchishdan avval mato choklari mustahkamligi, ko‘zga tashlanmasligi va sitilib ketmasligiga e’tibor bering. Bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan choklar qomatni ham qo‘pol ko‘rsatishini inobatga oling.

Bezakli liboslarga uchmang

Bozor yoki mass marketdagi tosh, dur bilan bezalgan libos original bo‘lmaydi. Original bo‘lmaganidan keyin bezaklari ham sifatsiz bo‘ladi. Shu sababdan ham universal, minimal uslubdagi kiyim-kechaklarga e’tibor qarating. Bunday liboslarni har qanday aksessuar bilan moslash mumkin bo‘ladi.

Printlarga e’tiborli bo‘ling

Qimmat liboslarda printlar yirikligi bir xil va bir yo‘nalishda bo‘ladi. Arzon liboslarda esa turli katta-kichik, tartibsiz bo‘ladi. Bu esa matodan qolgan qiyqimlar to‘plamidek xulosa beradi.

“Zamok” ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lsin

“Zamok”i ko‘rinib turadigan kiyim-kechak sizning ust-boshingiz haqida yaxshi taassurot qolmasligiga sababchi bo‘ladi. Iloji boricha yashirin qilib tikilgan kiyimni tanlashga harakat qiling.

Kiyimning “katishka” bo‘lmasligiga e’tibor qarating

Libosda “katishka” ning paydo bo‘lishi aksari hollarda matoning arzon va sifatsiz ekani bilan bog‘liq bo‘ladi. Tanlov jarayonida matoni yaxshilab ko‘zdan kechirishni unutmang.

Matoni yorug‘da tekshirib ko‘ring

Mustahkam va sifatli matoni yorug‘likka olib tekshirib ko‘rsangiz, undan ortiqcha yorug‘lik ko‘rinmasligiga guvoh bo‘lasiz, arzonida esa aksincha.

Matoni cho‘zib ko‘ring

Libos xarid qilishdan avval matoni cho‘zib ko‘ring va tekshiring — mato o‘z holiga keldimi, cho‘zilgan joyida iz qoldimi, yo‘qmi.

Libos tikilgan ipga e’tibor qarating

Mato rangi va ko‘rinishidan yaqqol farq qiladigan ipda tikilgan libosdan arzonlik ufurib turadi.

Libosning astariga ahamiyat bering

Ko‘rinishi chiroyli bo‘lishiga qaramay, har qanday libos, ayniqsa, kostyum va jaketlar astarsiz ustingizda xunuk turadi. Shu bois ham xariddan avval astariga, uning mustahkamligi qanday ekaniga diqqatingizni qarating.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют