» » Qozog‘iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Qozog‘iston muntazam aviareyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi


Qozog‘istonda muntazam xalqaro reyslar qayta tiklanadigan davlatlar ro‘yxati kengaymoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining transport bo‘yicha bosh vrachi Sadvakas Baygabulov ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Kazinform”.

“Qozog‘istonda muntazam xalqaro aviareyslarni boshlaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi davlatlar ro‘yxati yana kengaytirildi”, – degan Sadvakas Baygabulov.

Qozog‘iston SSV vakiliga ko‘ra, Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya qo‘shimcha ravishda birinchi toifadagi mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini o‘rinbosari Aleksey Soy egalladi

“Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Ta’kidlash kerakki, bundan oldin XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya va Tailand birinchi toifaga kiritilgan edi. Misr, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston ham ikkinchi toifadagi mamlakatlar guruhiga kiritilgan. Ikkinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar uchun quyidagi cheklovlar mavjud: agar KVI bo‘yicha sertifikat bo‘lsa - cheklovsiz, agar sertifikat bo‘lmasa, ular karantin xizmati mutaxassislari tomonidan 48 soat ichida PZR testidan o‘tishi yoki 14 kunlik karantinda bo‘lishi lozim”, – deya tushuntirgan Sadvakas Baygabulov.

Shuningdek, u sertifikat 5 kun davomida amal qilishini eslatgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, hech qanday parvoz amalga oshirilmayotganiga izoh berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют