» » Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida sezildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:52 da Afg‘onistonda zilzila yuz berdi.

Zilzila koordinatalari: 36,18 gradus shimoliy kenglik; 70,6 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 578 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 3,5, chuqurlik — 190 kilometr.

Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 09:33 da Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi.

Ikkinchi zilzilaning koordinatalari: 36,6 gradus shimoliy kenglik; 69,86 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 522 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5, chuqurlik — 100 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Bu iyun oyida qo‘shni mamlakatda sodir bo‘lgan zilzilalarning hisob bo‘yicha to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston hududida qayd etilishi. Xususan, 12-iyun kuni Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda, 16-iyun kuni Tojikiston va Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют