» » Kurdlar Suriyaning Xazima shahrini IShIDdan ozod qildi

Kurdlar Suriyaning Xazima shahrini IShIDdan ozod qildi


Asosini kurd ko‘ngillilari tashkil etuvchi Suriya demokratik kuchlari (SDF) Xazima shahrini IShID jangarilaridan ozod qildi. Ular Tabka va Rakka shaharlarini ozod qilish bo‘yicha operatsiyalarini davom ettirmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Aytilishicha, hozircha IShID nazorati ostidagi Rakka shahridan shimolroqda kurdlar Xazima shahrini ozod qildi. Ularning operatsiyasini xalqaro koalitsiya samolyotlari qo‘llab-quvvatladi. Bu yerda 49 nafar jangari, shu jumladan, “amir” Abu Sumayya yo‘q qilindi.

Xazima va Tishrin shaharlarida minasizlashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Jalob vodiysining shimoliy qismida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Rakkadan 40 kilometr g‘arbda joylashgan Tabka shahrida ikki sutka ichida 17 nafar radikal yo‘q qilindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (22-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют