» » O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan qariyb 1500 nafar ayolga himoya orderi berildi

O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan qariyb 1500 nafar ayolga himoya orderi berildi


Ichki ishlar organlariga himoya orderi so‘rab murojaat qilgan barcha ayollarning arizasi qanoatlantirilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Indira Kanlibayeva “Daryo”ga ma’lum qildi.

Boshqarma bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning besh oyi davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 1451 nafar ayol himoya orderi so‘rab ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Ularning barchasiga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. Shundan 829 nafar ayol jismoniy, 437 nafar ayol ruhiy, 9 nafar ayol jinsiy, 18 nafar ayol esa iqtisodiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Shuningdek, 158 nafar ayol tazyiqqa uchragan.

Eng ko‘p murojaat Toshkentda bo‘lib, 473 nafar ayol ariza bilan shikoyat qilgan. Toshkent viloyatidan 183 nafar, Farg‘ona viloyatidan esa 108 nafar ayol ko‘mak so‘ragan. Eng kam murojaat Jizzax viloyatidan bo‘lib, 43 nafar ayoldan himoya orderi berish bo‘yicha arizalar kelib tushgan.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risida”gi nizomiga mufoviq himoya orderi berish uchun tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati, jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar asos hisoblanadi.

Quyidagilar himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi:

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют