» » Erling Holand faoliyatidagi eng chiroyli golni tanladi

Erling Holand faoliyatidagi eng chiroyli golni tanladi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatidagi eng yaxshi golni tanladi.

19 yoshli norvegiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan ikkinchi (o‘sha o‘yinda Holand dubl qayd etgan) golini yodga oldi.

“Bu mening eng yaxshi golim. Men Chempionlar Ligasini yaxshi ko‘raman”, — deydi Holand.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi uchrashuvda PSJ “Borussiya”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Holand joriy yilning yanvar oyida “Zalsburg”dan “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan. Bu mavsumda u Bundesligada 14 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют