» » Toshkentdagi xonadondan 60 mln so‘mlik tilla taqinchoqlar, 150 dollar va 150 ming so‘m o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi

Toshkentdagi xonadondan 60 mln so‘mlik tilla taqinchoqlar, 150 dollar va 150 ming so‘m o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi


Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan uyga o‘g‘rilikka tushib, xonadondan tilla taqinchoqlar va pullarni olib chiqib ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Departament xabarida aytilishicha, 2020-yil 5-iyun kuni soat 17:00 larda avval o‘g‘rilik qilgani uchun sudlangan 41 yoshli O.X. va uning tanishi T.K. Navoiy ko‘chasidagi 61 yoshli ayol xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan kirgan. Sheriklar xonadon yotoqxonasidagi shkafdan 60 million so‘mlik turli tilla taqinchoqlar, 150 AQSh dollari va 150 ming so‘m pulni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergovda O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (Xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik) e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyatga sherik bo‘lgan T.K. esa 169-modda 2-qismi “b, g, v” bandlari (ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan ayb e’lon qilingan va u uy qamog‘iga solingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют