» » Abdulaziz Komilov filippinlik hamkasbiga tabrik yo‘lladi

Abdulaziz Komilov filippinlik hamkasbiga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov filippinlik hamkasbi kenja Perfekto Rivas Yasayga tabrik maktubi yo‘lladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ishonch bildirishicha, “serqirra va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz ulkan salohiyat va qulay imkoniyatlarga ega”.

“Mazkur quvonchli imkoniyatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar, do‘st Filippin xalqiga esa xotirjamlik va farovonlik tilayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Abdulaziz Komilov.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, 2017-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют