» » RPL. “Rostov” Tulaning “Arsenal”ini mag‘uliyatga uchratdi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma

RPL. “Rostov” Tulaning “Arsenal”ini mag‘uliyatga uchratdi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 24-turida “Rostov” 27-iyun, shanba kuni “Arsenal Tula”ni qabul qildi.

Rostovliklar uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hisobni ochdi, Pavel Mamayev mezbonlarning birinchi hujumini golga aylantirdi. 17-daqiqada Aleksey Ionov Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

58-daqiqada Yevgeniy Lutsenko mehmonlarning javob to‘pini kiritdi. Shu bilan o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmay qoldi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumchi Shomurodov 52-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Rostov” ochkolarini 41 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rindagi “Krasnodar”ga yetib oldi.

“Lokomotiv” Aleksey Miranchukning dubli evaziga safarda “Rubin”ni taslim etgan bo‘lsa, “Dinamo” va SSKA o‘rtasidagi poytaxt derbisida hisob ochilmadi.

RPL

24-tur bahslari

27-iyun, shanba

Gollar: 1:0 – 1 Mamayev, 2:0 – 17 Ionov, 2:1 – 58 Lutsenko.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Chistyakov, Kozlov, Saplinov (Bayramyan, 67), Glebov, Mamayev, Ionov (Dolgov, 88), Zaynutdinov (Cherkes, 88), Shomurodov (Proshlyakov, 52).

“Arsenal Tula”: Lodigin, Grigalava, Xagush (Kovalev, 67), Alvares (Volodko, 77), Denisov, Kostadinov, Lesovoy, Chaushich (Kangva, 67), Lomovitskiy (Gorbatenko, 59), Kangva (Banda, 78), Lutsenko.

Ogohlantirishlar: Denisov (10), Lesovoy (57), Glebov (62), Kozlov (66), Gorbatenko (70), Dolgov (76), Kovalev (77).

Gollar: 0:1 – 23 Miranchuk, 0:2 – 29, penalti Miranchuk.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют