» » Toshkent viloyatida boshlang‘ich narxi 127 mln so‘m bo‘lgan 0,8 gektar yer qariyb 1 mlrd so‘mga sotildi

Toshkent viloyatida boshlang‘ich narxi 127 mln so‘m bo‘lgan 0,8 gektar yer qariyb 1 mlrd so‘mga sotildi


E-ijro auksion’da Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi yer uchastkasining savdosi muvaffaqiyatli amalga oshdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

To‘rtta ishtirokchi besh soat davomida boshlang‘ich narxi 127 million so‘m bo‘lgan lot uchun bahs olib borgan. 135 qadamdan keyin dastlabki narxdan 7,7 baravar ko‘p — 985,1 million so‘m taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topilgan.

A-373 trassasiga yaqin 0,8 gektar maydondagi yer uchastkasi avtomobillar uchun gaz (metan, propan, butan va boshqa) quyish shoxobchasi qurilishi uchun berildi. Auksion g‘olibi bir yil ichida 12 ta yangi ish o‘rni yaratish uchun 5 milliard so‘m miqdorida investitsiya jalb qilish majburiyatini olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют