» » O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 7700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 7700 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 28-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 7725 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

Ayni paytda O‘zbekistonda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2465 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etgan denovlik ayolda chindan ham koronavirus bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligi ayolning o‘limidan 5 kun o‘tib tasdiqlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют