» » Koronavirusdan kasallanganlar soni butun dunyoda 10 million kishidan oshdi

Koronavirusdan kasallanganlar soni butun dunyoda 10 million kishidan oshdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlar soni 10 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lum qilgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha hali ham AQSh yetakchilik qilmoqda, mamlakatda 2,5 million odamda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1,3 million kishi) va uchinchi o‘rinni Rossiya (633 ming kishi) band etgan.

Mavzuga doir:

Dunyo bo‘yicha 499 ming nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. 5 065 000 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus epidemiya boshlanishidan bir yil avval Yevropada paydo bo‘lganini aniqladi

2020-yil 7-iyunda COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketgani, 8-iyun kuni esa koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo miqyosida 7 million nafardan, 16-iyunda COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 8 milliondan ortib ketgan, 23-iyunda esa butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 9 million nafardan oshgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют