» » O‘zbekistonda 28-iyun kuni 266 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki kishi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

O‘zbekistonda 28-iyun kuni 266 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki kishi koronavirus asoratlaridan vafot etdi


O‘zbekistonda 27-iyun soat 23:30 dan 28-iyun soat 23:30 ga koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 266 ta holat qayd etildi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 6 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

28-iyun davomida 89 nafar bemor sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7948 nafar bemordan 5329 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

28-iyun kuni SSV ikki kishi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Bir kun ichida ikki bemorning koronavirusdan vafot etishi O‘zbekistonda ilgari kuzatilmagandi.

Toshkentdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. 2020-yilning 14-iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Faoliyati davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shifokor 23-iyun kuni ahvoli og‘irlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, so‘ng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

26-iyunda esa yurak, nafas va o‘pka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli og‘irlashganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

“Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Shuningdek, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20-iyun kuni insultning qaytalanishi bilan o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorda 22-iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas berish apparatiga olingan.

Biroq soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yangi o‘lim holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2597 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 120 nafar, statsionar karantinda esa 23 432 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют