» » 2017-yilgi Forbes reytingining rossiyalik eng yosh ishtirokchilari (foto)

2017-yilgi Forbes reytingining rossiyalik eng yosh ishtirokchilari (foto)


Forbes nashrining Rossiyadagi bo‘limi eng badavlat biznesmenlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga 40 yoshgacha bo‘lgan olti kishi kirdi.

Yoshi: 21

Boyligi: 600 million dollar

Reytingdagi o‘rni: 156

Deni Bajayev — “Gruppa Alyans” asoschisi Ziya Bajayev (katta suratda)ning o‘g‘li. U 2000-yilda Yak-40 samolyoti qulashi natijasida halok bo‘lgach, uning kompaniyasi o‘g‘li Deni va ukasi Musa Bajayevlar o‘rtasida teng taqsimlandi.

Yoshi: 32

Boyligi: 950 million dollar

Reytingdagi o‘rni: 100

Pavel Durov — “VKontakte” asoschisi va Telegram messenjeri yaratuvchisi. Servis Pavelning akasi Nikolay ishlab chiqqan MTProto yozishmalarni shifrlash texnologiyasiga asoslangan. 2014-yilda Pavel Durov Rossiyani tark etdi va qaytib bormoqchi emasligini ma’lum qildi.

Yoshi: 33

Boyligi: 950 million dollar

Reytingdagi o‘rni: 103

Vyacheslav Mirilashvili — “VKontakte” hamasoschisi va sobiq egadoshi. 2013-yilda Mirilashvili “VKontakte” aksiyalarining 40 foizini Ilya Shcherbovich va sheriklarining United Capital Partners kompaniyasiga 700 million dollarga sotdi.

Yoshi: 35

Boyligi: 1,3 milliard dollar

Reytingdagi o‘rni: 74

Kirill Shamalov — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eski tanishi, “Rossiya” banki egadoshi Nikolay Shamalovning o‘g‘li. Bloomberg va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmen “Innopraktika” jamg‘armasi rahbari va Moskva davlat universiteti prorektori Katerina Tixonovaga uylangan, u esa agentliklar axborotiga ko‘ra, Vladimir Putinning qizidir.

Yoshi: 37

Boyligi: 900 million dollar

Reytingdagi o‘rni: 116

Aleksey Repik — “R-Farm” kompaniyalar guruhi asoschisi va direktorlar kengashi raisi. “Delovaya Rossiya” prezidenti.

Yoshi: 40

Boyligi: 500 million dollar

Reytingdagi o‘rni: 199

Ivan Tavrin — “YuTV Xolding” (“Yu” telekanali, Disney telekanali, “Muz-TV”)ning 50 foiz aksiyalari va USM Holdings’ning 3 foiz aksiyalari xo‘jayini. “MegaFon” OAJ direktorlar kengashi a’zosi, “Metalloinvest” UK noijrochi direktori, Mail.ru Group direktori.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют