» » Zinedin Zidan: “La Ligada hech qachon oldindan nima bo‘lishini ayta olmaysiz”

Zinedin Zidan: “La Ligada hech qachon oldindan nima bo‘lishini ayta olmaysiz”


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 32-turidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi bahsdan (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Futbolchilarimdan juda mamnunman. Ketma-ket uchrashuvlarda g‘alaba qozonish oson emas. Futbolchilarni tabriklashim kerak.

Yetakchi ekanligimizga ahamiyat bermayman. Chempionlik masalasi oxirgi turda hal bo‘ladi. Autsayderga qarshi o‘ynash qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rdingiz-ku. Ushbu ligada hech qachon nima bo‘lishini oldindan ayta olmaysiz”, — deydi Zidan.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolarini 71 taga yetkazib olgan holda musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi. Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa “Barselona”dan ikki ochkoga o‘zib ketdi. Musobaqa yakunlanishiga esa 6 tur qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют