» » Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi


So‘nggi kunlarda Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, kuchli shamol va yog‘ingarchiliklardan so‘ng Myannin uyezdida 12 kishi halok bo‘lgan va yana o‘n kishi bedarak yo‘qolgan. Ixay shaharchasida esa suv toshqinlaridan keyin to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yetti kishi bedarak yo‘qolgani ayilmoqda.

Shuningdek, Gaoyan uyezdida ham ikki kishi halok bo‘lgan va uch kishi yo‘qolgan.

Sichuanga yopirilgan tabiiy ofat jami 10 ming kishiga zarar yetkazgan — mahalliy yo‘llar avtotrassalardan uzilib qolgan, suv uylarga shikast yetkazgan. Favqulodda xizmatlar tumandan 7,7 ming kishini evakuatsiya qilgan.

Mavzuga doir: Tojikistonda selni videoga olayotgan otaxon ko‘chki qurboni bo‘ldi

Avvalroq Hindistonda bir sutka ichida 107 kishi yashin urishidan halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют