» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 12 kishida, Janubiy Koreyada esa 42 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 12 kishida, Janubiy Koreyada esa 42 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi, bemorlarning 9 nafari sog‘aydi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Aniqlangan holatlarning 7 tasi mamlakatning o‘zida (Pekinda), 5 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 17 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, bozor 13-iyun kuni yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 512 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 450 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 418 kishi davolanishda qolmoqda.

Mavzuga doir: Pekindagi bozorda aniqlangan COVID-19 genomining ma’lumotlari aniqlandi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 42 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 757 nafarga yetdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 30 tasi mamlakat ichida aniqlangan bo‘lsa, 12 tasi chetgan kirib kelganlarda qayd etilgan.

O‘tgan bir sutka ichida 65 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Tuzalganlarning umumiy soni esa 11 429 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni o‘zgarmagan bo‘lib, 282 nafarni tashkil etmoqda. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga qariyb 1,26 million ta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют