» » Bollivudning eng janjalkash aktyorlari

Bollivudning eng janjalkash aktyorlari


Quyidagi hind aktyorlari nafaqat iste’dodli ijrosi, balki urushqoq ekani bilan ham yaxshi ma’lum.

Salmon Xon

Salmon Xon hind kino sanoatidagi eng janjalkash erkaklardan biri hisoblanadi. Hammasi u maktab yillarida Qizil kitobga kiritilgan ikki antilopalarni yo‘q qilganidan boshlangan. Shundan keyin 2002-yilda mast holda mashina haydab odam urib yuborgan. Ayshvariya Ray bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan aktyor rashk tufayli “Sevgi yo‘llari” filmining suratga olish maydonchasida janjal chiqargan. Buning oqibatida Ayshvariya bosh qahramon rolini ijro qilishdan mosuvo bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyor jurnalist va paparatsiyalarni jini suymaydi. Internetda esa aktyorning o‘zini yaxshi tutmagani aks etgan videolar qalashib yotibdi. Hatto Salmon Xonning muxlislari ham uni jahlini chiqarish yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi biladi.

Saif Ali Xon

Aktyor o‘zini tuta olmasligi bilan muxlislarga yaxshi ma’lum. 1994-yilda aktyor sobiq rafiqasi Amrita Singh haqida yoqimsiz maqola e’lon qilgani uchun, Star and Style jurnali muharriri o‘rinbosarini kaltaklagan. Bundan tashqari, u aktyor Salmon Xon bilan birgalikda noqonuniy brakonyerlikda ayblangan. Qolaversa, bir necha marta fotograf va jurnalistlar bilan nizoga borgan, restoranda unga dakki bergan kishining burnini sindirgan, hatto.

Ranbir Kapur

Kapurlar naslining davomchisi Ranbir, yetishmovchilik nimaligini bilmay katta bo‘lgan. U o‘z xohish va qarashlarini har narsadan ustun biladiganlardan. Katrina Kaif bilan o‘rtalarida munosabat bo‘lgan vaqtlarda paparatsiya nishoniga uchrab qolganini payqagan aktyor kamerani sindirib jurnalistlarga hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lgan. Uning sobiq sevgilisi Dipika Padukon, Ranbirni temperamenti baland, xiyonat qilishdan tab tortmaydigan yigit deb ta’rif beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют