» » Rossiyadagi mehnat migrantlari patent uchun koronavirusga test topshiradigan bo‘ldi

Rossiyadagi mehnat migrantlari patent uchun koronavirusga test topshiradigan bo‘ldi


Endilikda xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berish uchun birinchi navbatda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bu boradagi tegishli buyrug‘i e’lon qilindi.

Buyruq bilan yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Endi agar ushbu infeksiya aniqlansa, boshqa davlatlar fuqarolariga Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.

Koronavirusdan tashqari, ushbu ro‘yxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov kasalligi ham kiritilgan.

Buyruqda yozilishicha, Rossiyada qonuniy bo‘lish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19’ga laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak, ya’ni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.

Koronavirus pandemiyasi sabab Rossiyadagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun bir qator yengilliklar taqdim etilgan edi. Xususan, mamlakatdagi mehnat muhojirlarining ish patenti muddati dastab 15-iyungacha, keyinroq 15-sentabrga qadar uzaytirilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV Rossiyaga mehnat muhojirlarini ma’muriy javobgarlikka tortmaslikni so‘rab, rasmiy nota yubordi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют