» » “Formula-1”ning sobiq chempioniga tegishli Lamborghini sotuvga qo‘yildi

“Formula-1”ning sobiq chempioniga tegishli Lamborghini sotuvga qo‘yildi


Italiyada “Formula-1”ning 1982-yilgi mavsumi chempioni Keke Rosbergga tegishli bo‘lgan Lamborghini Countach sotuvga qo‘yildi. 1985-yilda ishlab chiqarilgan superkarga hozirga qadar 2 kishigina egalik qilgan va u 14 ming kilometr masofa bosgan, deb xabar beradi Motor.

Keke Rosberg mazkur Lamborghini’ni 1985-yilda sotib olgan: finlyandiyalik jahon chempionining versiyasi to‘rt klapanli silindrga ega modernizatsiyaga uchragan Countach bo‘lgan— LP5000 Quattrovalvole. Bu kabi Countach’ning odatdagi modellardan farqi — kevlar panelli kuzov va karbyuratorlar joyining o‘zgarganligida.

Modelga 454 ot kuchiga ega 5,2 litrli Countach LP5000 Quattrovalvole V12 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan. Mashina besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. LP5000 QV superkaridan 610 nusxa ishlab chiqarilgan.

Rosbergning buyurtmasi asosida yaratilgan Lamborghini’ning o‘ziga xosligi — fil suyagi rangidagi kuzovning oq charm qoplangan salon bilan uyg‘unligida. Maxsus tablichka mashina afsonaviy poygachiga tegishli ekanligini isbotidir.

Bundan 35 yil oldin ishlab chiqarilgan superkar ajoyib holda saqlab qolingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют