» » Qanday bichimdagi liboslar qorinni yashirib, qomatni ixcham ko‘rsatadi?

Qanday bichimdagi liboslar qorinni yashirib, qomatni ixcham ko‘rsatadi?


Old qismi V bichimidagi libos

“Zapax” bichimidagi libos ayollarga xos bir qancha kamchiliklari yashira olishi mumkin ekani bilan bo‘yi past, to‘?ladan kelgan va qorin-bel qismida muammolari bo‘lganlarga eng alternativ variant hisoblanadi. Bundan tashqari bunday libosning old qismi V shaklida ekani bo‘yinni uzun ko‘rsatish xususiyatiga ega.

Ushbu bichimdagi liboslarning bel qismida bog‘ich yoki belbog‘ tikilgan bo‘lib, bu belni ingichka va ixchamroq ko‘rsatishga, qorinni berkitish xususiyatiga ega. Ushbu bichimdagi libosning etak qismi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin tos suyagi keng ayollarga etaklari keng va tashlab turadigan variantni tanlash tavsiya qilinadi.

Ko‘ylak-libos

Bichimi erkaklar ko‘ylagini esga soluvchi, yoqa va tugmali liboslar turli ayollarga mos detallar bilan bezangan yoki aksincha minimal uslubda bo‘lishi mumkin. Bunday liboslarning afzal tomoni shundaki, uni kiygan ayol-qiz ixchamroq ko‘rinadi.

Beldan pastki qismi to‘la bo‘lgan nozik jins vakilalariga tashlab keng turadiganini tanlash maslahat beriladi. Bunday bichim qomat proporsiyasini chiroyli ko‘rsatadi. Beli nozik bo‘lmaganlar uchun esa bel qismi teparoq, kamar va belbog‘li modellar yaxshi variant.

A bichimidagi libos

Trapetsiya shaklini esga soluvchi liboslar barcha ayol-qizlar uchun universal va eng yaxshi variant sanaladi. Shunchaki qomatdan kelib chiqib detallari, uzunligiga e’tibor berish kerak. Beldan tepa qismi nozik, past qismi esa to‘laroq bo‘lgan ayollarga trapetsiya libosning oldi qismi V shaklini esga soladigan modelini tanlash tavsiya qilinadi.

Bel va oyoqlari to‘la bo‘lganlar uchun esa uzun bichimligi, bo‘yi past ayollarga bo‘lsa midi ya’ni tizzadan tushib turadigan uzunlikdagisini tanlash maslahat beriladi.

Yana nimalarga e’tibor berish kerak?

Libos bichimidan tashqari undagi print, uzunlik, rang va dekorativ elementlarni ham inobatga olish kerak.Vertikal chiziq va yo‘l-yo‘l printli libos qorinni yashirish uchun ayni muddao.

Uzunlik

Oyoqlari to‘la bo‘lganlarga tizzagacha yoki maksi uzunligidagi libosni tanlash, bo‘yi past qizlarga esa mini modellardan qochish tavsiya qilinadi.

Rang

Faqatgina qora ixcham ko‘rsatadi degan fikrni o‘zgartirib, e’tiboringizni qaymoq rang va to‘q-ko‘k ranglarga qarating.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют