» » Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining Rossiya OTMlarida o‘qiyotgan talabalari O‘zbekistonga olib kelindi

Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining Rossiya OTMlarida o‘qiyotgan talabalari O‘zbekistonga olib kelindi


Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida o‘qiyotgan 220 nafar talabasi charter reys bilan Moskvadan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, mazkur talabalar Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universtiteti, “MISiS”, Rossiya transport universiteti, Peterburg davlat qatnov yo‘llari universiteti, Omsk davlat qatnov yo‘llari universiteti va Moskva arxitektura institutida bakalavriat, magistratura va aspirantura bosqichida tahsil olmoqda.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, olib kelingan barcha talabalar Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining talabalar turar joyida karantinga olingan. Karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib berildi. Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda o‘qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud. 14 kunlik karantin davridan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabani O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq koronavirus pandemiyasi sababli xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 2020-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha 21 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют