» » Daniyada saratonga qarshi yangi uslub muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

Daniyada saratonga qarshi yangi uslub muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi


Daniyada ishlab chiqilgan saratonga qarshi yangi terapiya sichqonlarda o‘tkazilgan sinovlar davomida samarali ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Olimlar mazkur uslub yordamida kimyoviy terapiyaga barqaror bo‘lgan qovuq shishlari avj olishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi.

“Olingan natijalar keng istiqbollarni ochib beradi. Mazkur uslub kimyoviy preparatlar bilan davolash samarali bo‘lmagan saraton xastaligiga chalingan bemorlarga yordam berishi mumkin”, — ta’kidladi tadqiqot hammualiflaridan biri Mads Daugord.

Sinov davomida davolangan sichqonlarning 80 foizi tadqiqot tugashi vaqtida omon qoldi. Ayni paytda odatiy uslublarda muolaja qilingan kemiruvchilarning barchasi o‘lgan.

Yangi uslubga daniyalik olimlarning 2015-yildagi kashfiyoti asos bo‘lib xizmat qildi. Ular o‘simtalarga qarshi kurashda foydalaniladigan toksinlarni saraton to‘qimalariga yetkazishning o‘ta samarali vositasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ular tomonidan ajratilgan oqsil saraton o‘simtalarining 90 foizdan ortig‘iga yopishishga qodir, sog‘lom to‘qimalarni esa chetlab o‘tadi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют