» » Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang muddati yana o‘zgardi

Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang muddati yana o‘zgardi


Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jangning 22-avgust sanasiga qoldirilgani sabablarini ma’lum qildi.

“Biz aslida jangni 25-iyulga rejalashtirganmiz, ammo Dillian Uayt uchun eng maqbul sanani tanlayotgandik. Shundan so‘ng futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi paydo bo‘ldi, musobaqa tashkilotchilari o‘yinlarni 8—15-avgust kunlari o‘tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Oxir-oqibat, biz jangni 22-avgust sanasiga qoldirishga qaror qildik. Birinchi boks kechasini avgustning dastlabki kunida, Angliya Premyer Ligasi tugashi bilan tashkil qilishimiz mumkin. O‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ldi, Sky Sports avgust oyida barcha janglarni translyatsiya qiladi. Shunday ekan, boks chindan ham qaytmoqda desa bo‘ladi”, — deydi Hirn.

Aslida Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang may oyiga belgilangan, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli dastlab 4-iyulga, keyinchalik esa 15-avgustga qoldirilgandi.

Ma’lumot uchun, Dillian Uaytning hisobida 28 jang, 27 ta g‘alaba (18 ta nokaut) va 1 ta mag‘lubiyat bo‘lsa, Povetkin faoliyati davomida 38 marta ringga ko‘tarilib, shulardan 35 tasida g‘alaba qozongan (24 ta nokaut), 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan va 1 bor murosa yo‘lini tanlagan.

40 yoshli Povetkin oxirgi jangini 2019-yilning dekabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u Saudiya Arabistonidagi boks kechasida Maykl Hunter bilan uchrashib durangga rozi bo‘lgan. Uayt ham so‘nggi marta Povetkin bilan bitt jang oqshomida ringga chiqib Mariush Vaxni mag‘lub etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют