» » Rasman: “Barselona” futbolchisi Artur “Yuventus”ga o‘tadigan bo‘ldi

Rasman: “Barselona” futbolchisi Artur “Yuventus”ga o‘tadigan bo‘ldi


“Barselona” yarim himoyachisi Artur faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.

Katalon klubi braziliyalik futbolchi transferi borasida “Yuventus” bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Turinliklar Artur uchun 72 million yevro to‘laydi, shuningdek, 10 million miqdorida bonus pullari ham nazarda tutilgan.

Artur 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha “Barselona”da harakat qiladi. Mazkur holat avgust oyida o‘tadigan Chempionlar Ligasi o‘yinlari uchun taalluqli yoki unday emasligi noma’lum.

Avvalroq “Yuventus” 23 yoshli futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolashi xabar qilingandi. Qarama-qarshi yo‘nalishda Miralem Pyanich “Barselona”ga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Arturni 2018-yilning yozida 31 million yevro evaziga “Gremio”dan sotib olgandi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangandi.

Joriy mavsum futbolchi La Ligada 21 ta o‘yin o‘tkazib, uchtadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют