» » Samarqandda profilaktika inspektori Zarafshon daryosida oqib ketayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Samarqandda profilaktika inspektori Zarafshon daryosida oqib ketayotgan fuqaroni qutqarib qoldi


Samarqand shahrida 28-iyun kuni profilaktika inspektori Zarafshon daryosida oqib ketayotgan jizzaxlik fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 28-iyun kuni soat taxminan 13:30 da Samarqand shahar O‘zbektrakt ko‘chasi va Oydin yo‘li ko‘chasi kesishmasi yaqinida Zarafshon daryosida oqib kelayotgan, Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro profilaktika inspektori katta leytenant Zohid Beknazarov tomonidan qutqarib qolingan.

Aniqlanishicha, fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketib, Zarafshon daryosida oqib ketgan. Shu hududda profilaktik tadbirlarni amalga oshirayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Zohid Beknazarov oqib kelayotgan fuqaroni ko‘rib, zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va oqar suvdan fuqaroni chiqarib olib, uning hayotini saqlab qolgan. Fuqaroga tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют