» » “Barselona” Pyanich transferini e’lon qildi. Uning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilandi

“Barselona” Pyanich transferini e’lon qildi. Uning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilandi


“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Kataloniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqida katalon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar “Yuventus” bilan bosniyalik futbolchi transferi yuzasidan kelishuvga erishgani e’lin qildi. “Barselona” Pyanich uchun 60 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari 5 million yevro bonus ham Turin klubiga beriladi.

Miralem “Barselona” bilan 4 yillik bitimga imzo chekadi. Uning yangi shartnomasi tovon puli 400 million yevro qilib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kataloniyalik a’zosi Arturning “Yuventus”ga o‘tishi rasman tasdiqlangan edi.

Pyanich 2019/20-yilgi mavsum A Seriyaning 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol urib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Pyanich “Yuventus”ga qadar “Lion”, “Roma” klublarida to‘p tepgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют