» » Jizzaxda 72 yoshli otaxon koronavirus asoratlaridan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 24 nafarga yetdi

Jizzaxda 72 yoshli otaxon koronavirus asoratlaridan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 24 nafarga yetdi


Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 72 yoshli bemor o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi 72 yoshli otaxon Q.R. joriy yil 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unda 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga “Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-daraja” tashxisi, shuningdek, “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi” qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzaxlik otaxon O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 24-bemor bo‘ldi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют